Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 % ga koʻpaydi.

2021- yilda Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 419,3 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 100,8 %), kartoshka – 51,0 ming tonnani (101,1 %), sabzavotlar – 212,5 ming tonnani (100,7 %), poliz ekinlari – 190,3 ming tonnani (104,1 %), meva va rezavorlar – 26,5 ming tonnani (100,7%) hamda uzum – 11,3 ming tonnani (105,5 %) tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020/21-oʻquv yilida respublikamizdagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra,  2021- yilning dekabr oyida uzum narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 30 % ga qimmatlashgan.

2021- yil yakunlari boʻyicha hududlarning tashqi savdo aylanmasi

2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 60,1 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 32,9 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2021- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 54,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma natijasi bo'yicha ma'lumot

2021- yilning yanvar - sentyabr oylarida Farg‘ona viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida 726,3 ming tonna don yetishtirildi (2020- yilning mos davriga nisbatan 105,2 %), kartoshka – 245,7 ming tonnani (102,4 %), sabzavotlar – 807,3 ming tonnani (104,8 %), poliz ekinlari – 52,0 ming tonnani (108,7 %), meva va rezavorlar – 298,3 ming tonnani (102,9%) hamda uzum – 115,6 ming tonnani (102,6 %) tashkil etdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 462 834 tani tashkil etib, 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida 1 373,5 mln tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu 2020- yilning shu davriga nisbatan 10,9 % ga ko‘pdir.

2021- yilnig yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo`yicha amalga oshirildi. Respublika bo`yicha bajarilgan jami qurilish ishlarining 70,4 % i yoki 75684,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratildi.

2020- yil yakunida  mamlakatimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni 80 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 121719,2 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,4% ni tashkil etdi,
shu jumladan:

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 57,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 139,8 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar- dekabr oylarida hududlarda davlat mulkchilik shakli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida  kuzatilib, 0,9 trln. so‘m miqdorida yoki mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 17,6 % ini tshkil etdi.

Havo transportida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yuk tashish hajmi 8,3 ming tonnani tashkil etdi, bu 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 58,4 % ga yuqori demakdir. Ko'rib chiqilayotgan davrda yuk aylanmasi 38,6 % ga o'sdi va 303,6 mln t-km ni tashkil etdi.