Qo`mita yangiliklari

Joriy yil 24- yanvar kuni Statistika agentligida BMT va ESKATO boshchiligidagi Tojikiston va Mo‘g‘iliston delegatsiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot uchrashuvi tashkil etildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yildagi ulushiga nibatan 3,8 % punktga kamayib, 15,4 % ni yoki 41,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 6 444,6 ming tonna qurilish yuklari joʻnatilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 836,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 219,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 768,7 ming tonna – sut, 927,8 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

Samarqand viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7788,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,0 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 130,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr davrida jami 5163,2 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023- yil 1-yanvar holatiga mamlakatdagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etgan. Quyida aholi eng kam istiqomat qiladigan 10 ta shaharlar haqida maʼlumot keltirilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 ming tani tashkil etmoqda. 2021-yilga (467,2 ming dona) nisbatan ularning soni 94,9 ming donaga koʻpaygan.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 473,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar- sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 13,3 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 54,2 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 273,3 ming tonna – sut, 135,5 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasi hajmi 167 747,6  milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5 232,8 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda safar qilgan.