Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – hududdagi jami investitsiyalarning 13,3 % ini tashkil etdi.

   2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan xodimlar soni 148 nafarni tashkil etdi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Surxondaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (58,5 %),  transfertlardan olingan daromadlar (34,7 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (6,8 %) tashkil etadi.

Joriy yilning 5- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik ishlari, gender tenglik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrining Mirobod (72 126,0 mln. so‘m), Yakkasaroy (50 931,9 mln. so‘m), Shayxontohur (32 779,1 mln. so‘m), Mirzo Ulug‘bek (21 468,0 mln. so‘m) va Yunusobod (20 870,4 mln. so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 28,0 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 8744,8 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,7 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 587,9 ming tonna xom neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,1 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 35 571 ta.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 19,2 foizni yoki 18097,2 milliard so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,0 foizga yetdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tog‘-kon sanoatiga yo'naltirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 12,4 trln. so'mni tashkil etdi.

2021- yilda respublikamizdagi kichik korxonalar va mikrofirmalaridagi ambulatoriya-poliklinika muassasalari 4015 tani tashkil etib, 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda (2017- yilda 2744 ta) 1271 taga ko‘paygan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Samarqand viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra,  kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmining yuqoriligi bo‘yicha Samarqand (137 863,1 mln. so‘m), Farg‘ona (102 963,8 mln. so‘m), Qarshi (97 989,3 mln. so‘m) va Andijon (89 408,1 mln. so‘m) shahrlari yetakchilik qilmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 5741,2 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,8 % oʻsish surʼatiga erishdi.