Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyun oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami –  2214,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 567,6 ming tonna kaolin ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 35 646 nafar, jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 513 333 ta) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida (12431,6 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning 53,4 % i), Toshkent viloyatida (4832,0 mlrd. so‘m yoki 57,2 % i), Samarqand viloyatida (4199,4 mlrd. so‘m yoki 66,3% i) qayd etildi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha elektr - gaz ta'minoti faoliyati turi bo'yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 12,6 trln. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, respublikaning barcha iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o'zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmining 6,6 % i miqdorida qayd etildi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga 502,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish maqsadida xorijga safar qilgan, ulardan:

2022- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (79,2 %),  transfertlardan olingan daromadlar (13,9 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (6,9 %) tashkil etadi.

2022- yil 1- yanvar holatiga Respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, xar 100 ming aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, Toshkent Metropolitenida jami 94 418,3 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, o‘rtacha bir kunda metropoliten transporti xizmatidan 345,8 ming nafar yo‘lovchilar foydalangan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,3 % ga o‘sish kuzatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 12452,7 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,5 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3,9 mln. tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,9 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- oktabr holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 010 ta, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini (577 994 ta) tashkil etdi.

2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  savdo sohasida olingan sof foyda (zarar (-)) 6331,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Namangan viloyati Norin tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Hayrulla Hasanov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga kamaydi.