Qo`mita yangiliklari

2021- yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan olingan sof foyda (zarar (-)) 17 225,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 28,2 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2,8 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-sentabr O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86,1 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 45,3 % ini tashkil etdi.

2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan ayollar soni 65 nafarni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida uy joyning turi boyicha yashovchi aholi ulushi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 228,8 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 134,4 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 509 720 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2021– yil yakunlari  bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan kichik korxona va mikrofirmalaridan 138 105 tasi sof foyda olishga erishgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra mamlakatimizda jami 328 ta suzish  havzalari mavjud.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida uy joyning turi boyicha yashovchi aholi ulushi:

 2022- yilning yanvar-mart oylarida  aholi mablag`lari hisobidan 19,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 112,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 71,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,7 mln. tonna sement import qilingan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Oʻzbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga oʻrtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Ayni kunlarda Shvetsariyaning Jeneva shahrida Migratsiya statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida sport, ko‘ngilochar va hordiq chiqarish sohasidagi xizmatlarining eng yuqori o‘sishi Navoiy (57,0 %), Toshkent (47,4 %), Surxondaryo (40,8 %), Qashqadaryo (24,5 %) viloyatlarida qayd etildi.

2022- yil yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 034,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 1,1 % ga o‘sdi.

Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Mo‘sinov Xasan Shuhratovich ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Fargʻona viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 13539,7 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-102,4 % oʻsish surʼatiga erishdi.