Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Buxoro viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami qurilish ishlari hajmining 54,6 % ini tashkil etib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2,8 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 9838 ming o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan umuta’lim maktablari foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ularning  83,2 %i rekonstruksiya hisobidan bajarilgan bo‘lsa, qolgan 16,8 % i yangi qurilish hisobiga ishga tushirildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 96 774 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga oshgan.

2021- yilda  faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani (yoki jamiga nisbatan 11,3%) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 119,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 mlrd.so‘mga teng jami uzunligi 24,2 km bo‘lgan gaz tarmoqlari ishga tushirildi.

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida jami 3 875,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan,ulardan:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1-oktabr holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 35 821,0 ming kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 78,1 %ni tashkil etadi.

Ayni paytda registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

2022- yilning yanvar–avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 7 027,5 mlrd. so‘mni, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati esa 115,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra Surxondaryo viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 5 790,8 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga o‘sdi.

2022- yil 1- iyul holatiga, Namangan viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 732,0 ming boshni (2021- yil 1- iyul holatiga nisbatan 102,0 %), shundan sigirlar – 242,8 ming boshni (102,1 %), qo‘y va echkilar – 800,7 ming boshni (102,2 %), otlar – 6,8 ming boshni (102,6 %) hamda parrandalar – 5 894,8 ming boshni (111,6 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 10–12- oktabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan salohiyatni oshirish maqsadida “Aholining sog’liqni saqlashga qilgan xarajatlarini hisoblash” bo’yicha mintaqaviy seminar tashkil etildi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 768 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 267 ta va xorijiy korxonalar 8 501 tani tashkil etgan.

2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qurilish sohasida olingan sof foyda (zarar(-)) 1 787,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami qurilish ishlari hajmining 72,0 % ini tashkil etib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy qiymati 212,3 mlrd.so‘mga teng jami uzunligi 494,1 km bo‘lgan suv tarmoqlari ishga tushirildi.