Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikada dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 376 ming dona qorako‘l teri olingan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, moliyaviy va sugʻurta faoliyatida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 14 936,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyun holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 604 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 25-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida ijara xizmatlari hajmi           3 416,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 73,8 trln soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 56,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,1 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamiz boʻyicha dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy soni 12 707,8 ming boshga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 349 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 435 tasi qoʻshma va 9 914 tasi xorijiy korxonalardir.

Joriy yilning 24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 812,4 ming soʻmga yetdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 20–21- iyun kunlari Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 72-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 69 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2 326,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.