Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, Xorazm viloyatida tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 468,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida tashish va saqlash sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 457 ta bo‘ldi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 773,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 612,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qirgʻiz Respublikasiga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 73 566 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 4718,6 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar–oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 46,9 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar–sentabr oylari yakuniga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi qariyb 15,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, 308 217 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 790 739,2 mln. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 22 845 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Misrga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 74 759 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 2 042,9 ming tonna goʻsht (2022-yilning yanvar–sentabriga nisbatan 103,5 %), 8 579,2 ming tonna sut (103,5 %), 6 055,9 mln. dona tuxum – (102,0 %) yetishtirildi va 91 184 tonna baliq (110,5 %) ovlandi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 4-dekabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmini statistik baholash boʻyicha oʻquv amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 311,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 4,0 % ga o‘sdi.