Qo`mita yangiliklari

2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi, mlrd. so‘m.

2021- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 475 349 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 472 273 tani (99,4 foiz) tashkil etgan.

2010- yilga nisbatan 2020- yilda Surxondaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 217,6 mlrd. so'mga o'sdi va 8 013,9 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yilda ko'rsatilgan umumiy bozor xizmatlari hajmida Surxondaryo viloyatining xizmatlar hajmi 3,6% ni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2020- yil yakuniga ko‘ra mamlakatimizda shahar joylarda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar soni 685,3 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 168,1 ming nafarga oshganini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 1 063,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.  

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 451,9 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2516,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 15,2 % va 84,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-iyunida 4264,2 mlrd. so‘m yoki 2020- yilning yanvar - iyuniga nisbatan 159,9 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtobuslar soni 5 711 tani tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2020- yilda 1,8 mln. avtomobillar uchun o‘rindiqlar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibi:

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020- yilda 23,1 ming tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020- yilda 5 ta beton qoradigan avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida avtomobil to‘xtash joylari xizmatlarining narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 % ga qimmatlashgan.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.