Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 12- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida sement narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 % ga arzonlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida repetitorlik narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 3,6 % ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida pochta va kuryerlik xizmatlari narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 7,7 % ga oshgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar

 2010- yilga nisbatan Jizzax viloyatida 2020- yilda xizmatlar hajmi 4 585,4 mlrd. so'mga o'sdi va 5 024,7 mlrd. so'mga teng bo'ldi. 2020-yil yakuniga ko‘ra Jizzax viloyatida ko'rsatilgan bozor xizmatlarining jami respublikadagi ulushi 2,3 % ni tashkil etdi.

2021- yil 3–6- oktabr kunlari Shveytsariyaning Bern shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining statistika bo‘limi hamda Shveytsariya Konfederatsiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 3-Butunjahon ma’lumotlar Forumi tashkil etildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 1 076,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,7 % ga o‘sdi

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog’iston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,3 kishini tashkil etdi, shundan 1,6 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 5,4 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 9,1 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 17,9 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 25,6 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 40,4 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

Hududlar bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi eng ko‘p, Toshkent shahri (23951,0 mlrd. so‘m), Toshkent (12463,7 mlrd. so‘m) va Farg‘ona viloyatlarida (7521,8 mlrd. so‘m) tashkil etgan.

2010- yilga nisbatan Buxoro viloyatida 2020- yilda xizmatlar hajmi  8 770,5 mlrd. so'mga o'sdi va 9 843,1 mlrd. so'mga teng bo'ldi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,0 kishini tashkil etdi, shundan 4,7 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 6,9 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 12,5 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 15,4 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 22,2 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 38,2 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi 76560,5 mlrd. so‘mni  tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 1 520,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,5 % ga o‘sdi.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2010- yilga nisbatan Andijon viloyatida 2020- yilda xizmatlar hajmi 10 091,1 mlrd. so'mga o'sdi va 11 413,0 mlrd. so'mga teng bo'ldi.