Qo`mita yangiliklari
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yil 1- iyun milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 28- sentabr kuni Moskva shahrida Rossiyaning Federal statistika xizmati tomonidan Moskva shahar iqtisodiy siyosat va taraqqiyot departamenti, «Центростат» analitik markazi va Statistik ekspertiza xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Davlatlar va shaharlarning xalqaro reytinglari: metodologiya, ochiq ma’lumotlar, shaffoflik" mavzusida konferensiya o'tkazildi. Konferensiya Xalqaro statistika institutining 63- statistika jahon kongressi doirasida tashkil etildi.
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 1- yanvar holatiga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rinlar soni 106677 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 5,4 barobarga oshganini ko‘rish mumkin, ularning yillar kesimidagi soni quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi.
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 28- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.
2021- yil 1- yanvar holatiga, O‘zbekiston Respublikasida sanatoriya-kurort muassasalariga joylashtirilgan shaxslar 219,9 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 97,4 % i O‘zbekiston fuqarolari, 2,6 % MDH davlatlari fuqarolari va qolganlari (0,03 %) boshqa xorijiy davlat fuqarolaridan iborat.
2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning sof foydasi (zarar) miqdori 11419,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
2021- yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarida jami 13,2 mln. nafar fuqarolar faoliyat olib bormoqda.
2021- yilning yanvar-avgust oylarida 5 968 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1,4 trln. so‘mlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,7 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,0 % punktga kamaydi.
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar - iyun oylarida Namangan viloyatida jami 5367,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 26,3 % i yoki 1411,4 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.
2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (soni 18 467 ta) tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-avgust oylarida hududlar bo‘yicha mobil telefon importi:
2021- yilning yanvar-avgust holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni 40 tani tashkil etgan.
O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.
Respublikamizda 2021- yilning yanvar–avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
29/09/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 501 ta elektromobil import qilingan.
Respublikamizda 2021- yilning yanvar–avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar- avgust holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 3,1 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 6,5 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 11,6 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 17,8 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 22,6 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 38,4 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.
899-sahifa 1011 dan


