Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 16- fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimligida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

“Халқ сўзи” gazetasining 2021- yil 17- fevraldagi 34- sonida Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o’rinbosari Dilshod Xolmurodov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig’i Odiljon Mamadaliyevning “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o’rni” nomli maqolasi chop etildi.

O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion faoliyat statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va innovatsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- fevral holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,5 mingtani tashkil etib, ulardan 11,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat statistika qo’mitasiga taqdim etilayotgan respublikaga kelganlik va ketganlik to‘g‘risidagi statistik hisobga olish talonlarini to‘liq elektron shaklda taqdim etilishi belgilangan edi. 

2020- yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (56,1 %) va Surxondaryo (50,4 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (71,2 %) va Toshkent (48,4 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (10,2 %) va Surxondaryo viloyatida (8,8 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (51,5 %) va Farg‘ona viloyatida (35,3 %) kuzatildi.

2021 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo'mitasining 2021 yil 9 fevraldagi 6-MB son qarori bilan tasdiqlandi.

2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 16- fevraldagi 33- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori Mahmudjon Ziyadullayevning “Aholini ro’yxatga olish aniq va tizimli yo’lga qo’yiladi” nomli maqolasi chop etildi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 919 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 724 ta va xorijiy korxonalar 6 195 tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari statistik to‘plamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi bo‘yicha statistik va idoraviy ma’lumotlar, shu jumladan axborot va aloqa sohasidagi tashkilotlar soni, aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha bozor xizmatlari hajmi, AKT sektorining yalpi qo‘shilgan qiymati, AKT hamda axborot va aloqa sohasidagi tashqi iqtisodiy va investitsion faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston qiymati 1,0 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,5 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi va BMT Aholishunoslik jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2023- yilda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish ishlarida foydalanish uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasiga 41 ta kompyuter, 31 ta oq-qora printerlar, 1 ta rangli ko'p funksiyali printer, 1 ta kamera, 15 ta LCD monitorlar, 15 ta Smart TV, 15 ta statsionar mikrofonlar, 15 ta veb-kameralar va 15 ta Wi-Fi routerlarni taqdim etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston qiymati 459,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2019- yilga nisbatan 136,4 mln. AQSh dollariga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligidagi qo‘mita va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 12-14- fevral kunlari Toshkent viloyatining Chimyon qishlog'ida “Chimyon-Eko-2021” va “Chimyon ekstrim-2021”qishki ekstremal sport turlari festivali bo'lib o'tdi.