Qo`mita yangiliklari

2023- yilda  faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 41 249 tani (yoki jamiga nisbatan 9,9 %) tashkil etgan.  

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 36 063,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga koʻra, ta’lim sohasida 6 237 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 11 % ni tashkil etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 243,6 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida mavjud sigirlar soni 382,9 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 135,8 trln soʻmga yetgan.

Joriy yilning 18- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari joriy yilning 20–23- avgust kunlari Koreya Respublikasining Tedjon shahrida Koreya Respublikasining “Korea Statistics” idorasida boʻlib qaytishdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 94,3 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 12,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari 145 842,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.  

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,4 trln soʻmni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga oʻsgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i norasmiy iqtisodiyotida 27 144,3 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 266 tani tashkil etgan.

2024- yilning 9–12- sentabr kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limi, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari uchun BMT Statistika instituti, Statistik siyosatni rejalashtirish bo‘yicha kanselyariya bosh direktori, Yaponiya hukumatining Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi davlatlari uchun iqlim o‘zgarishi va biologik xilma-xillik hisobini yuritish bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 250,3 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.