Qo`mita yangiliklari

2024- yil 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning 19–30- avgust kunlari Avstriyaning Vena shahrida “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali ko‘rsatkichlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi.

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 474 114 tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 1,3 trln soʻmga yetgan.

2023- yilning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 35,2 trln so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 25 210 taga yetgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 13 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,3 mln metr kvadrat  gilam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 128,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 94,3 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 21,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha fermer xo‘jaliklari tomonidan 24 639,7 tonna baliq ovlangan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 268,1 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo, yashash va ovqatlanish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 39 278,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga 55 564 ta xususiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 85,7 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 9,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 382,1 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.