Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-dekabrida 90,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 % ga kam demakdir.

Shu yilning 27-yanvar kuni “Open Data Challenge” xakatoni boshlandi. Ushbu xakaton IT Park YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi ko‘magida tashkil etildi

2022 - yil yanvar-dekabr oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023- yil 1-yanvar holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik  subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 78,4 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bugungi zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, institut jozibadorligini oshirish va kreativ yondashuvlar asosida yangi logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Xalqaro press klubda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament rolini oshirish: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida koʻrsatuv tashkil etildi. Unda Oliy Majlis senati aʼzolari hamda yurtimizdagi turli vazirlik va idora vakillari ishtirok etdi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 29215,4 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  32,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 27- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Yaponiyaning “JICA” xalqaro hamkorlik agentligi missiyasi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilga nisbatan 92,0 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,6 %, transfertlardan olingan daromadlar 29,8 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,6 % tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 888,3 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 5,7 % ga o‘sdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 634,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 133,2 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 899,8 ming tonna – sut, 397,9 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

2022-yil yil yakunlari boʻyicha, Toshkent Metropolitenida bir kunda oʻrtacha 374,6 ming nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 34,4 % ga koʻp.

2023-yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (592 371 ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi: