Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 38,4 % ni, sanoat – 24,9 % ni, qurilish – 7,1 % ni va xizmatlar sohasi – 29,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 54,2 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 103,9 %), 273,3 ming tonna sut (105,0 %), 135,5 mln. dona tuxum – (110,5 %), yetishtirildi va 4 025 t. baliq (138,2 %) ovlandi.

Shu yilning 2–23-dekabr kunlari reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari xodimlari o'rtasida “Sport festivali” o'tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 502,1 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 94852,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,4 % ini tashkil qildi.

Respublikamizda 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 520 199 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022-yilning noyabr oyida mehmonxona xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 25 170,0 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  31,8 %  ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpag‘iston Respublikasida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2043,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,9 % ini tashkil etdi va o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,7 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,9 %ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 1,0 mlrd. AQSH dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 40,1 % ni, sanoat – 17,0 % ni, qurilish – 6,9 % ni va xizmatlar sohasi – 36,0 % ni tashkil etdi.

2022-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 1000 kishiga (jismoniy shaxslarga tegishli) 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 146,3 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 104,5 %), 598,6 ming tonna sut (102,7 %), 391,1 mln. dona tuxum – (121,5 %), yetishtirildi va 2 950 t. baliq (117,7 %) ovlandi.

Mamlakatimizda 2022- yil 1- dekabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan eng koʻp korxonalar soni - masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) lar hissasiga toʻgʻri keldi.

Joriy yilning noyabr oyida 2021-yilning dekabridagi narxlarga nisbatan mevalar oʻrtacha 6,7 % ga arzonlashgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatdiki, binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 67,8% ni va o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,4%  tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 89,0 % ni yoki 7579,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 149,8 % ni tashkil etdi.