Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobil transporti xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi – 5 636,0 mlrd. so‘m.

         2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 6,1 % ga o‘sgan holda 67 365,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2022– yilning yanvar–sentyabr oylarida Jizzax viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 160,3 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar – sentyabriga nisbatan 102,8 %), 468,6 ming tonna sut (101,2 %), 278,5 mln. dona tuxum – (116,8 %), yetishtirildi va 7 708 t. baliq (151,1 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 18 616 dona maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 138,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari oʻtgan yilning yakuniga nisbatan oʻrtacha 3,2 % ga oshgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-oktabr holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 17,7 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga eng ko‘p Yakkasaroy tumanida72,4 birlikni tashkil qildi.

2021/2022- oʻquv yilida mamlakatimizda qozoq tilida taʼlim beriladigan umumtaʼlim muassasalari soni 144 tani tashkil etgan.

 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida qayd etilgan nikohlar soni 233 559 nafarni tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlarning 8 668 nafari yoki 3,7 foizi farzandli fuqarolar ishtirokida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Jizzax viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,0 %ni tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida sug‘urta xizmatlarining yuqori o‘sishi Toshkent shahri (2,0 baravar), Xorazm (67,1 %),Qoraqalpog‘iston Respublikasi (64,5 %), Navoiy (62,2 %), Buxoro (61,2 %) va Sirdaryo (47,8 %) viloyatlarida kuzatildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 49 729,0 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 5,5 % ni tashkil etdi. 

 2022– yilning yanvar–sentyabr oylarida Buxoro viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 200,0 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar – sentyabriga nisbatan 103,8 %), 742,1 ming tonna sut (103,6 %), 391,8 mln. dona tuxum – (119,6 %), yetishtirildi va 5 593 t. baliq (91,4 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 193,3 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

2022-yilning noyabr oyida shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari oktyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-oktabr holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 17,7 birlikni tashkil qildi.