Qo`mita yangiliklari
2022-yil 1-oktabr holatiga, Namangan viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 756,8 ming boshni (2021- yil 1- oktyabr holatiga nisbatan 102,6 %), shundan sigirlar – 245,7 ming boshni (102,9 %), qoʻy va echkilar – 807,4 ming boshni (102,3 %), otlar – 6,8 ming boshni (102,7 %) hamda parrandalar – 5 778,3 ming boshni (101,7 %) tashkil etdi.
2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga ko‘paygan.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 6–7- dekabr kunlari Polshaning Krakov shahrida Yevropa, Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika idoralari xodimlari uchun statistik baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Joriy yilning noyabr oyida havo transporti xizmatlari narxi oʻrtacha 6,5 % ga oshdi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trln. soʻmni tashkil etgan.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyati (2021- yilga nisbatan 261,7 %)ga to‘g‘ri keldi.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 41 061,9 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning yanvar-sentabr oyida 63,2 ming nafar chet el fuqarolari xizmat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Joriy yilning 11 oyi davomida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida jami (1750 ta) tugʻilganlarning 53,9 % ni oʻgʻil bolalar, Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida jami (857 ta) tugʻilganlarning 53,1 % ni qiz bolalar tashkil etgan.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 19,2 %ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.
2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 955,8 ming birlikni, shu jumladan, aholida 26 066,9 ming birlikni tashkil etdi. Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etdi.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda 15 497 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Soʻnggi toʻrt oy davomida tuxum 25 % ga, shu jumladan, joriy yilning noyabrida 7 % ga qimmatlashdi.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda qurilish ishlari hajmi 6,3 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 103,7 % ni tashkil etdi. Shuningdek, fuqarolik obyektlari qurilishida 106,6 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 126,2 % ni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da tovar va va xizmatlar import hajmi 10717,2 mln.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,2 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p import kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 6261,1 mln.AQSh. doll ni tashkil qildi.
13/12/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida 76,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 4,1 % punktga ko‘paydi.
2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 582,5 ming boshga yetdi.
567-sahifa 1012 dan


