Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 6 713,0 mlrd.so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Uy-joy umumiy maydonining o‘rtacha bir kishiga ta’minlanganlik darajasi 2020- yilga nisbatan 16 kv. m. dan to 18,2 kv. m. (2,2 kv. m.) gacha o‘sgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻqish maqsadida 5346 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 27,0 %ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 105,2 ming so‘mni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 23 308,8 ming boshga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 169,7 ming tonna dinatriy karbonati ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 98 170 tani tashkil etdi.

Pasterizatsiya qilingan sut narxlari joriy yilning noyabr oyida 3,5 % ga, xom (qayta ishlanmagan) sut esa 2,1 % ga qimmatlashdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 99375,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabrida nisbatan o‘sish sur’ati yuqori bo‘lib, 110,7 % ini tashkil qildi.

2022- yil yanvar-oktabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari boyicha yuqori hajm, Toshkent shahri (15 180,7 mlrd. so‘m), Samarqand viloyati (4 999,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyati (4 944,4 mlrd. so‘m) va Toshkent viloyatida (4 437,2 mlrd. so‘m) qayd etildi.

2022- yil 14- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida davra suhbati tashkil etildi.

 2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 862,8 ming boshga yetdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Xorazm viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 11 699,8 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga o‘sdi. 2018- yilning yanvar-sentabr oylari bilan solishtirilganda Xorazm viloyatining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YAHM hajmi o‘sish sur’ati 115,% ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 473,7 million dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi: