Qo`mita yangiliklari

2022-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilganining 30 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra respublikamizda jami 358 273 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

Qashqararyo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4458,5 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,9 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Farg’ona viloyatida jami 6204,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida kuzatildi – 61,8 % yoki 5259,6 trln. so‘m.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

Respublikaga 2022- yil oktabr oyida jami 608,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 310,1 ming nafari (50,9 %) ayollar, 298,6 ming nafari (49,1 %) erkaklar.

Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha anʼanaviy “Hukumat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10 575,1 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 101,3% ni tashkil etdi.

2022- yilning 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi onlayn o‘quv-seminari ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo‘ldi.

2022- yilning oktabr oyida respublikamizda 1 942 nafar egizak tugʻilish holati qayd etilgan.

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 903,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022-yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,2 % yoki 959,1 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 9,2 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 22 728,1 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,7 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 321 dona “Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 76 876 tani tashkil etgan.