Qo`mita yangiliklari

Respublikaga 2022-yil yanvar-oktabr oyida jami 4195,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 2149,0 ming nafari (51,2 %) ayollar, 2046,9 ming nafari (48,8 %) erkaklar.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 11 075,3 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 108,2% ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida 10 018,3 mlrd. so‘m darajasida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Toshkent shahrining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 37 510,6 ming so‘mni tashkil etdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 16,8 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari yalpi ishlab chiqarishi umumiy hajmi 240 233,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81 311 dona “Cobalt”  avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 155,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 97 054 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan.

Andijon viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4733,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 2066,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 86,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida – 14167,6 ming so‘m (yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda – 94,6 %), Navoiy viloyatida – 12480,2 ming so‘m (yoki 103,8 %), va Buxoro viloyatida – 7936,7 ming so‘m (yoki 96,9 %) qayd etildi.

2021- yil yakunida mamlakatimizda infeksion yo‘nalishi bo‘yicha shifoxona o‘rinlari soni 14,5 ming birlikni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 4,4 ming birlikga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 9347,8 ming so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 106,1% ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra ishtirokchisi mavjud jami 19 ta maxsus iqtisodiy zona (keyingi o‘rinlarda – MIZ), 208 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda – KSZ), 20 ta texnopark hamda 471 ta klasterlar (keyingi o‘rinlarda – klaster) mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZda 490 tani, KSZda 1836 tani, texnoparklarda 903 tani va klasterlarda 482 tani tashkil etdi.

2022- yilning 14- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 12 797,2 ming so‘mni,  real o‘sish sur’ati esa 108,4% ni tashkil etdi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspert, professor  Polyakova Tatyana Mixaylovna bilan uchrashuv oʻtkazildi.