Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- oktabr holatiga 124,1 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga safar qilgan, ulardan:

Joriy yilning 8- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Surxondaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (52,9 %), transfertlardan olingan daromadlar (41,5 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (5,6 %) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 281,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 189,2 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qurilishning O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,9 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 13105,6 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,2 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 25,8 mln m² gilam ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 418 tani tashkil etdi, joriy  yil boshidan esa bu sohada 1 297  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3866,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – hududdagi jami investitsiyalarning 13,3 % ini tashkil etdi.

   2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan xodimlar soni 148 nafarni tashkil etdi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Surxondaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (58,5 %),  transfertlardan olingan daromadlar (34,7 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (6,8 %) tashkil etadi.

Joriy yilning 5- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik ishlari, gender tenglik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrining Mirobod (72 126,0 mln. so‘m), Yakkasaroy (50 931,9 mln. so‘m), Shayxontohur (32 779,1 mln. so‘m), Mirzo Ulug‘bek (21 468,0 mln. so‘m) va Yunusobod (20 870,4 mln. so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 28,0 % ni tashkil etdi.