Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

2022- yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlaridan limon o'tgan oyga nisbatan 8,0 foizga arzonlashdi.

Farg‘ona viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 67,0 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,6 % punktga ko‘paydi va 22,6 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida 3810,3 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 36,4 %i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 % ni tashkil qilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasida namoyish etilgan konsertlar soni 3759 ta boʻlib, shundan 849 tasi qishloq aholisi uchun namoyish etilgan konsertlardir.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Toshkent shahrida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 6,1%, ikki kishilik – 12,1%, uch kishilik – 11,3%, to‘rt kishilik -15,6%, besh kishilik – 19,0% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 35,9%ni tashkil etmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari orasida joriy yilning sentyabr oyida bir oy ichida narxlarning o'sishi bo'yicha yetakchi pomidor bo'lib, 2022- yilning avgustiga nisbatan 36,0 foizga oshdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatga qiymati 187 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 177 ming tonna polietilen eksport qilgan.

2022- yil yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi 108 895,8 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 49,1 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 6 154,5 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,9 % ga o‘sdi.

  Jizzax politexnika institutidada “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi. Unda institutning Sanoat texnologiyalari fakulteti professor-oʻqituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va talabalar ishtirok etdi.

2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 5 075,3 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 2 390,8 ming m² gilam ishlab chiqarildi.

2022- yil 1-sentabr  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 182 ta bo‘lib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 47,1 % ni tashkil etdi, o‘tgan tegishli davrda:

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 26,6 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 4,3 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida ishlab chiqaradigan sanoat yetakchilik qilmoqda.