Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 32,1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni jami 19 453,3 ming kishini tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 3 419,5 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,4 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17 740,5 mlrd. so‘mga oshib, 84 756,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2021- yil yakunlariga ko‘ra mamlakatimizda bitta vrachga o‘rtacha 369 nafar aholi to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning 14–16- sentabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Jahon Banki ekspertlari tomonidan “Uy xoʻjaliklari kuzatuvlarini mоdernizatsiya qilish va kambagʻallik darajasi mоnitoringi” mavzusida seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni jami 19 453,3 ming kishini tashkil etgan.

O’zbekistonda 2022- yilning 1- sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 507 001 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 426 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  13,9 birlikni tashkil qildi.

  2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida YAHM 6,1 % ga o‘sgan holda 42 905,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 383,3 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 108,3 %), 167,0 ming tonna kartoshka (110,2 %), 258,5 ming tonna sabzavotlar – (101,5 %), 22,4 – ming tonna poliz (112,0 %), 116,8 – ming tonna meva (108,3 %) va 5,4 – ming tonna uzum (103,4 %) yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 5,6 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 5039,5 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1500 ta kitob va risolalar chop etilgan bo‘lib, shulardan Toshkent shahri  (1279 ta) viloyatlarda yetakchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 69,1 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport sohasida eng katta bozor xizmatlari qayd etildi - 1 702,9 mlrd. so'm.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 519,4 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,4 %), 186,9 ming tonna kartoshka (110,5 %), 578,3 ming tonna sabzavotlar – (101,6 %), 22,4 – ming tonna poliz (116,6 %), 244,6 – ming tonna meva (103,5 %) va 1,5 – ming tonna uzum (110,5 %) yetishtirildi.