Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 7,1 % ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 47,8 % ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 45,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,1 ming tonna olma eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 2 821,5 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

Joriy yilning avgust oyida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,3 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 232,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyul oylarida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning yuqori o‘sishi Xorazm (69,0 foiz), Namangan (44,4 foiz), Buxoro (35,0 foiz) va Qashqadaryo (29,0 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda 187 610 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 2 137,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022- yilning avgust oyida olma 1 oyda 2,9 % ga, yil boshidan 17,5 % ga, bir yilda esa 15,2 % ga arzonlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 73,7% ni tashkil etdi, bir soat shug‘ullanuvchilar – 14,7% ni, bir soatdan ortiq shug’ullanuvchilar esa – 11,6% ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik  subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 77,3 % ni   tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 68,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 6,3 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 81642,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2021/2022- o‘quv yilida Respublikamizdagi universitetlar soni 78 tani tashkil etib, 461,0 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 149,4 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,8 %), 473,9 ming tonna sut (101,0 %), 517,6 mln. dona tuxum – (84,8 %), yetishtirildi va 4 958 t. baliq (135,7 %) ovlandi.