Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 25,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 6- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari tashrif buyurdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 85,6 %, yoki 8959,9 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 175,0 % tashkil etdi.

Joriy yilning 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasini roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʻlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 126 769,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekistonda 2022-yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 64 ta avtokran ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 116,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 26,9 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet, sun'iy yo‘ldosh aloqasi va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

2022- yilning avgust oyida banan 1 oyda 3,1 % ga, yil boshidan 4,8 % ga, bir yilda esa 16,1 % ga arzonlashgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyunida avtomobil transportida yuk tashish 272,4 mln.t yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,3 %ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-iyul oylarida yangi obyektlarni yaratishga qaratilgan qurilish ishlarining eng ko‘p hajmi Toshkent shahrida qayd etildi va hajmi 10091,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 93,8 %, yoki 8023,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021/2022 o‘quv yili boshiga  mamlakatimizda 18-23 yoshdagi aholini 28,2 foizi oliy ta’lim bilan qamrab olingan.

2022- yil 1- iyul holatiga Namangan viloyatining demografik koʻrsatkichlari.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 82,0% ni tashkil etdi.