Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 971,9 ming tonna – meva va rezavorlar yetishtirildi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyunida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 65488,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-iyunida nisbatan o‘sish sur’ati yuqori bo‘lib, 111,0 % ini tashkil qildi.

Qo‘mita ishchi guruhi vakillari Mustaqillik bayrami arafasida Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar holidan xabar olib, 3ta shaxsiy kompyuter, 4 ta nogironlik aravachasi, va yana 25 ta oilaga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha suv tarmog‘i qurilishida jami 614,5 mlrd. so‘m, gaz tarmoqlari qurilishida 1,5 mlrd. so‘m, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar qurilishida 1049,9 mlrd. so‘m, maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishida 449,6 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 494,1 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 115,6 % ni tashkil etdi.

Safar maqsadlari boʻyicha chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yil yakunlariga koʻra jami 17 dona oʻt oʻchirish avtomobillari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2020- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 3,4- martani tashkil etgan.

Sessiya kun tartibidan Oʻzbekiston delegatsiyasining ESKATO Statistika qoʻmitasi va Statistika intituti  (UNISAP) rahbariyati, shuningdek, Malayziya, Hindiston hamda Koreya statistika idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻrin olgan.

Joriy yilning 4- avgustidan boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar ro‘yxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini o‘rganish ishlari boshlandi.

Ishchi guruh vakillari Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik arafasida, ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda, ehtiyojmand oilalar va keksalar holidan xabar olinmoqda.

2022- yilning yanvar - iyun oylarida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida (8630,3 mlrd.so‘m yoki mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 59,5 % i), Toshkent viloyatida (3343,0 mlrd.so‘m yoki 59,5 % i), Samarqand viloyatida (3098,7 mlrd. so‘m yoki 75,0 % i) qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog’ida 104,2 trln. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Navoiy viloyati (21,8 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati 19,9 % va 19,5 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p dasturlarni tuzish va teleradioeshittirish xizmatlari – 40,1 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,1 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar va boshqa nashriyot xizmatlari – 22,4 % ni egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)da qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi  umumiy hajmiga nisbatan ulushi 97,2 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Buxoro viloyatida – 99,0 % ni tashkil qildi.