Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 72,4 % ini tashkil etdi, shu jumladan:

2021- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 43,0 % i  yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

2021- yilda sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi Jizzax viloyatida kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 47,5 %i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 40,2 % va Toshkent viloyatida 37,1 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 32,4 % i  yangi qurilish rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarildi.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish va texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 134,3 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Respublika budjeti hisobidan o`zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta ulushi uchta hududda kuzatildi: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida hududdagi jami investitsiyalarning 12,7 % i aynan shu moliyalashtirish manbai hisobidan o`zlashtirildi.

2020/2021- o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida iqtisodiyot yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar soni 54,2 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yil davomida metropoliten transporti orqali 101 758,6 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu 2020- yilning shu davriga nisbatan 2,6 martaga ko‘pdir (2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 38 814,9 ming yo‘lovchi tashilgan).

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2022- yilning yanvar oyida iste’mol bozori-dagi tovarlar va xizmatlarning INI 0,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

2021- yilda respublikamizda jami 1,1 mln. tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2021- yil yakunlari boʻyicha hududlarning tashqi savdo aylanmasi

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida temiryo‘l transportida 8 009,7 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu 2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 1,3 martaga ko‘pdir (2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 6 155,3 ming yo‘lovchi tashilgan).

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 77762,0 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 72,4 % ini tashkil etdi, shu jumladan:

Shu kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olishda planshet qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tajribasini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.