Qo`mita yangiliklari

Bugun, 27- oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 19,0 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,1 % va 8,0 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 %), Jizzax (3,0 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,0 %) to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YAIMi hajmi joriy narxlarda 1 015 331,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,6 % ga o‘sdi.

Bugun, 25- oktabr kuni Statistika agentligida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi yuzasidan tizim xodimlari jumladan yosh mutaxassislar huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2024-,yilning 1- oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 399,0 mingtani tashkil etdi.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yil yanvar-sentabr oylarida mobil/uyali telefonlardan foydalanuvchi 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 99,2 % ni tashkil etgan.

Bugun, 25- oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) delegatsiyasining Statistika agentligidagi missiyasi o‘z yakuniga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, respublika bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 323,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 644,1 trln so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan.

Joriy yilning 23- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Transchegaraviy elektron tijorat va raqamli savdo statistikasidan foydalanish va o‘lchash” mavzusi bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

2024- yil yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 81,5 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35 % ini tashkil etgan.

Joriy yilning 24- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga jami 300 816 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar–sentabr oylarida respublikamizdagi jami yirik korxonalar tomonidan 7,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 15–18- oktabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida “Transchegaraviy elektron tijorat va raqamli savdo statistikasi” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 323 878,0 mlrd so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorva-chilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 315 599,5 mlrd so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 6 229,5 mlrd so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 2 049,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 683,6 ming so‘m), Navoiy viloyatida (6 610,9 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4 954,5 ming so‘m), Andijon viloyatida (4 462,8 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatida (4 199,3 ming so‘m) kuzatildi.