Qo`mita yangiliklari

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 205 308,1 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 198 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning 2–5- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Ittifoqi va Latviya Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlik idoralari vakillari uchun alohida ishchi tartibda uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 851,7 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 9–14- sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizda “Xonatlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida yirik qurilish tashkilotlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 21,1 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 30,4 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Joriy yilning 9- sentabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 57 674,9 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda fermer xo‘jaliklari tomonidan 336 945 tonna sut sogʻib olingan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni ta’mirlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34 180,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 46 229 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 3–6- sentabr kunlari Yaponiyanning Chiba shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5- va 16- maqsadlari, gender nuqtai nazaridan jinoyatchilik statistikasi” bo‘yicha mintaqaviy oʻquv seminari o‘tkazildi.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida qiymati qariyb 1,8 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 255 018 dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 26–30- avgust kunlari Kanadaning Ottava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Kanadaning Milliy statistika agentligida bo‘lib qaytishdi.