Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyun holatiga koʻra, 294 950 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 3 768,9 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston  Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida avtomobil transportida yuk tashish 154,6 mln t yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-may oylari yakunlariga koʻra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 3 424,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 119 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklaridagi parrandalarning umumiy soni 51 634,8 ming boshga yetgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 6 580,6 ming soʻmni (yoki 527,5 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1- iyun holatiga, 399 199 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 130 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.

Bizga maʼlumki, joriy yilning 27-fevralidan 1-martiga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida Statistika komissiyasining navbatdagi 55-sessiyasi boʻlib oʻtgan edi. Sessiyada BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevrostat va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan 2024-yilning 4-choragiga qadar Oʻzbekiston milliy statistika tizimini global baholashdan oʻtkazish rejalashtirilgan edi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni taʻmirlash tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 16 463,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Joriy yilning 14-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 79,5 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 20,5 % ni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.