Qo`mita yangiliklari

 2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 9,1 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan “Profi University” xususiy universiteti Navoiy filialida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi boʻyicha  2 215 mlrd. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 20,2 % ga koʻpaydi.

Joriy yilning 27-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika agentligi faoliyatining sarhisobi va kelgusidagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2023/2024-o‘quv yili boshida akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar 33,4 ming nafarni tashkil etib, ulardan o‘g‘il bolalar 19,5 ming nafarni va qiz bolalar 13,9 ming nafarni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 465 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlarida shahar joylarda respublika boʻyicha 69 690 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 3 094 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

2023- yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 24,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish bo‘yicha to‘qqizinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8 214,2 ming juft paypoqlar  ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 52,3 % ga oshgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 9 980,8 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2023/2024- o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 - o‘quv yili boshiga nisbatan 61,1 ming nafarga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filialida davra suhbati tashkil etildi.