Qo`mita yangiliklari

Samarqand viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 89,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyati boʻyicha 1 932,8 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1358,3 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  107,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Fargʻona viloyatida 5 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar- iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 2 767 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 79,1 %, transfertlardan olingan daromadlar 13,9 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 7,0 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 3 571,2 mln. dona tuxum olingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida temiryoʻl transportida 4 916,3 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 496,9 ming kishiga koʻpdir (2022-yilning yanvar-iyun oylarida 4 419,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida 209 403,6 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu soha yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (22,0 %) eng katta hissa qo‘shdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 244,9 tonna shampunlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 13,4 %ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 53 361 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

Namangan viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyati boʻyicha 4 335,8 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan  viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 576,9 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 7,3 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 5 288,3 ming tonna sut yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,9 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 3 563 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,6 %,  transfertlardan olingan daromadlar 29,8 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,6 % tashkil etadi.