Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyun oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 46 283 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Buxoro viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 74,5 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida 1 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 6 366 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,1 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 32,9 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,0 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlarining Belarus Respublikasining Minsk shahrida Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Belarus Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuv natijalari bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,3 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,3 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 82,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 2 ta teatr faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,9 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 28,5 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 25 846,7 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 41 849 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini (soni 599 644 ta) tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 3,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.