Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Ichki savdo va xizmatlar statistika bosh boshqarmasi xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 273,8 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan.

  2023- yil 1-may holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 51 604 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 159,0 foizni tashkil etdi.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 76,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilda mamlakatimizda nodavlat umumta’lim muassasalarida 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar soni 1041 nafani tashkil etdi.

2023- yilning yanvar - mart oylarida Sirdaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 1 287,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 71,6 %,  transfertlardan olingan daromadlar 17,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 11,3 % tashkil etadi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,7 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 430,1 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2022-yilning mos davrida tashilgan yoʻlovchilar soniga nisbatan 41,3 % ga koʻp.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 854,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 13,2 ming dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 30 196 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetdi.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 44,5 % ini tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yilida mamlakatimizda nodavlat umumta’lim muassasalar soni 194 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2017/2018- o‘quv yilining mos davri bilan taqqoslaganda 155 taga oshganini ko‘rish mumkin.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,8 %,  transfertlardan olingan daromadlar 26,0 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 10,2 % tashkil etdi.

2023-yilning yanvar - mart oylarida Surxondaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 274,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil qildi.