Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 23 409 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 216 birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 266 305 birlikni yoki 80,5 % ni egallaydi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 12,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 1- aprel holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 368 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 171,7 foizni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 72,2 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qashqadaryo viloyatida 1,5 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida jami 658,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yil 1- yanvar holatiga Fargʻona viloyatida jami 35 ta sport-taʼlim muassasalari mavjud.

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha 5 546 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti Statistika bo‘limi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi tomonidan BMTning 4-butunjahon ma’lumotlar forumi tashkil etildi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2023- yil 29- apreldagi 82- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshliqlari Dilshod Zokirov va Shahboz Jonodilovning “Raqamli texnologiyalar statistika dasturi ijrosini taʼminlashda qanday oʻrin tutadi?” nomli maqolasi chop etildi.

2023-yil yanvar-mart oyida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari  yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 18,8 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 206,8 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 46,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni  40 891 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini  tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 34,5 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida 1,6 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.