Qo`mita yangiliklari

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 16 055,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 4,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 40,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–dekabr oylarida Buxoro viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 284,9 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar–dekabriga nisbatan 102,3 %), 1 053,3 ming tonna sut (103,2 %), 519,7 mln. dona tuxum – (108,8 %) yetishtirildi va 9 822 t. baliq (90,3 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 40,4 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-aprel holatiga jami 47 378 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

2022- yilda Samarqand viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 89,1 %, yuk aylanmasida 88,9 %, yo‘lovchi tashishda 95,6%, yo‘lovchi aylanmasida 98,1% ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 606,1 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha 7132,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 48,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 27 786 nafarni tashkil etgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga Andijon viloyatining doimiy aholisi soni 3 338,2 ming kishini tashkil etgan.

2023- yilning 12- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 181,0 tonna shokolad ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

2023- yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda kvartira (yakka tartibdigi uy)lar soni 7 301,2 ming birlikni tashkil etib, oʻtgan yildagi koʻrsatkichga nisbatan (7 147,2 ming birlik) oʻsish 2,2 % ni yoki 154,0 ming birlikni tashkil etgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 473,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 7,8 % ga o‘sdi.

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 185,6 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 104,9 %), 1 038,0 ming tonna sut (104,1 %), 748,9 mln. dona tuxum – (101,6 %) yetishtirildi va 21 939 t. baliq (108,7 %) ovlandi.

2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 483 554 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib,  shundan xususiy korxonalar soni 69 897 tani tashkil qildi (ulushi 14,5 foiz).

2022- yilning yanvar-dekabrida Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 23 601,7  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 15 342,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 8 259,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining doimiy aholisi soni 1 981,8 ming kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Andijon viloyati bo‘yicha 619,5 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.