Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-dekabrida Buxoro viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 33 212,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib 20 598,6 mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa 12 613,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Surxondaryo viloyatidagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 45 144 nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 30 ta xorijiy davlatdan 5,6 ming tonna shokolad import qilgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 10- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 30- mart – 6- aprel kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida “Multiindikator klaster kuzatuvlarining 7-bosqichi (MIKK-7)” mavzusida o‘tkazilgan seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida nashriyotchilik xizmatlari hajmi 171,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan ularning oʻsish surʼati 124,6 foizni tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan davrda nashriyotchilik xizmatlarining umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 84,1 foizni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 15 249,4 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 2,6 % ga o‘sdi. 2018- yil bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 15,6 % ni tashkil etdi.

2023- yil 1- yanvar holatiga, Farg‘ona viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 075,2 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,9 %), shundan sigirlar – 387,6 ming boshni (102,2 %), qo‘y va echkilar – 918,4 ming boshni (102,8 %), otlar – 10,4 ming boshni (104,7 %) hamda parrandalar – 8 499,1 ming boshni (104,4 %.) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 10,0 ming dona maishiy sovutkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 11,4 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oyida jami 23 891 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

     2022- yilda Qashqadaryo viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 86,8 %, yuk aylanmasida 86,3 %, yo‘lovchi tashishda 91,2%, yo‘lovchi aylanmasida 96,2% ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent shahrida jami 4,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida bo‘yicha jami 6 697,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatidagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 12 911 nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yil 1-aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 483,6 mingtani tashkil etdi ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 417,2 mingta. 2019- yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonining o‘sishi 37,9 foizni jumladan, kichik korxona va mikrofirmalar 44,0 foiz tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 9,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.