Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 633,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,2 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida 14 167,6 ming so‘m yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 94,6 %, Navoiy viloyatida 12 480,2 ming so‘m yoki 103,8 %, va Buxoro viloyatida 7 936,7 ming so‘m yoki 96,9 % qayd etildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 228,9 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 897,5 ming tonna – sut, 405,8 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4051,8 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 94,9 % ini tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida nodavlat mulkchilikdagi obyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida ushbu viloyatdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 99,6 % i qayd etildi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida respublika budjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 140,1 % ni yoki 0,8 trln, so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 11 546,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Surxondaryo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2191,7 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 90,6 % ni tashkil qildi

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14 464 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan.

2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni (15 801 ta), 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.

Mobil telefon uskunalari narxlari 2022-yilning dekabrida yillik nisbatda 7,7 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,5 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan yuqori o‘sish sur’ati Toshkent viloyatida 2021- yilning yanvar-noyabriga nisbatan 101,2 % ni yoki 2 457,8 mlrd. so‘m tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

2022-yilning dekabrida olma narxlari 2021-yilning dekabriga nisbatan 20,6 % ga past boʻldi.

2023- yil 1- yanvar  holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 442 taga oshib, o‘sish sur’ati 112,0 foizni tashkil etdi.