Qo`mita yangiliklari

2022- yilning  yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 11774,5 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan -103,4 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Respublikaga 2022- yil sentabr oyida jami 631,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 283,8 ming nafari (55,0 %) ayollar, 347,4 ming nafari (45,0 %) erkaklar.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 3 701,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-avgustga nisbatan o‘sish sur’ati 168,7 % darajasida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 6 674,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 % ga o‘sdi.

O’zbekistonda 2022-yilning 1-oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 513 333 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 509 720 tani tashkil etgan.

2021- yilda  tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  olingan sof foyda (zarar (-)) 1388,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, Navoiy viloyatida qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga bo‘yicha bajarildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy qiymati 46,2 mlrd. so‘mga teng jami 1776 o‘ringa mo‘ljallangan 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirildi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam boʻlgan hududlar:

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022- yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

2022-yilning yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 1 773,3 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tizimida soha rivojida bor kuch va salohiyatini ayamay mehnat qilayotgan barcha xodimlarni 20- oktabr – Butunjahon  statistika kuni bilan tabriklaymiz.

2022- yilning yanvar- sentabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 94117,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib,

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 190,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 3 539,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 1,0 % ga, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 7,9 % ga o‘sdi.