Qo`mita yangiliklari

2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 393,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 3 059,6 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan. Nisbatan kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – 86,0 mlrd. so‘m.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan bo‘lib,

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida tog‘- kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan – 2158,7 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 29,3 % o‘zlashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,2 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,4 % egallaydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,3 % ni, sanoat – 101,0 % ni, qurilish – 101,8 % ni, xizmatlar sohasi – 106,9 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 108,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 149,4 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,8 %), 473,9 ming tonna sut (101,0 %), 517,6 mln. dona tuxum – (84,8 %), yetishtirildi va 4 958 t. baliq (135,7 %) ovlandi.

Respublikamizda 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 503 426 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 62,9 % ni tashkil etdi, o‘tgan tegishli davrda:

2022- yilnig yanvar-avgust oylarida  bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 27,0 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,5 % punktga ko‘paydi.

2022-yilning yanvar - iyun oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 4843,4 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 56,6 %ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 3224,3 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 37,7 %) va boshqa xarajatlarga 490,5 mlrd. so‘m (5,7 %) o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-avgust  oylarida respublika boʻyicha 165 476 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 2,3%, ikki kishilik – 5,4%, uch kishilik - 9,5%, to‘rt kishilik -17,8%, besh kishilik - 25,1% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 39,9%ni tashkil etmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida avtomobillar va yengil avtomashinalarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar hajmi 2 246,7 mlrd so‘m tashkil etib. 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 % ni tashkil etdi.