Qo`mita yangiliklari

2022- yil 1- yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etgan.

 2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 352 131 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida, loyiha koordinatori Mixail Gundaryev bilan videomuloqot tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.

 2022- yilning I choragida ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sonining safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi:

2021/2022 o‘quv yili boshiga ko‘ra mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6304,6 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2016/2017 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda, 1479,6 ming nafarga oshganini ko‘rish mumkin, ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagiсha.

 2022- yilning 1- may holatiga respublikamizda jami 352 131 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 333 210 tasi faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning 1-choragida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari.

 2021/2022- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni 135 tani tashkil etdi.

2022- yil yanvar- aprel oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 32 841 ta bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda.

 2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 73,6 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 16,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Surxondaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylari holatiga koʻra, chakana savdo tovar aylanmasi 3 669,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Mamlakatimiz eksport-importida turizm hajmining toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlami yigʻish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 10- mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilishi belgilangan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida Respublikada 1 340,3 mln. dona tuxum olingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 97,5 % ni tashkil qildi.

 2022- yil yanvar-mart oylarida  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 42,3 % i o‘zlashtirilgan.

         2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM 6,0 % ga o‘sdi va 5 423,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 30,8 %), sanoatda 115,7 % (17,7 %), qurilishda 105,0 % (6,5 %) va xizmatlar sohasida 105,2 % (45,0 %) kuzatilgan o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 4,2 % ga o‘sdi va 2 813,7 ming so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida jami qurilish ishlari hajmitarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarihajmi 229,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilningmos davriga nisbatan 2,2 martaga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 7,6 % punktga ko`payib, 14,6 % ni tashkil etdi.