Qo`mita yangiliklari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 796,7 mlrd. so‘mga oshib, 47 271,1 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 342 045 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 324 469 tasi faoliyat yuritmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 2021/2022- o‘quv yilida Xorazm viloyatida umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 360,7 ming nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Toshkent viloyati 5,0 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 7,1 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 10,2 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 16,7 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 20,8 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 40,2 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

2022- yil yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush quyidagi hududlarga, Toshkent shahri (38,8 %), Toshkent (7,6 %), Samarqand (6,4 %) va Farg‘ona (6,2 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Samarqand viloyatida 2022- yil 1-yanvar holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  13,5 birlikni tashkil qildi.

2022- yil yanvar- fevral oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 15 230 ta bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda:

2021/2022- o‘quv yilida Farg‘ona viloyatida umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 681,7 ming nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Sirdaryo viloyati 2,1 % uy xo‘jaliklar bir kishilik, 4,9 % uy xo‘jaliklar ikki kishilik, 10,4 % uy xo‘jaliklar uch kishilik, 17,4 % uy xo‘jaliklar to‘rt kishilik, 24,0 % uy xo‘jaliklar besh kishilik hamda 41,2 % uy xo‘jaliklar olti kishilik va undan ko‘p kishilardan tashkil topgan.

2022- yilning yanvar oyida Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 71,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo`yicha korxona mablag‘lari hisobidan 2947,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 101,5 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 526,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar oyida Navoiy viloyatida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 45,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyati bo`yicha korxona mablag`lari hisobidan 6279,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 3,2 martaga ko`paydi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha axborot va aloqa tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 11 659,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 22,0 % ga o‘sdi.