Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,1 kishini tashkil etdi.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 66,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 6- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) mutaxassisi Modibo Camara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida loviyaning narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 1,6 % ga arzonlashgan.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 2,5 % ga oshgan.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekistonda 2020- yilda 469 809 dona muzlatgich ishlab chiqarilgan.
2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda jami 45 128 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 241 taga ko‘p. 2021- yil yanvar-sentabr oylarida 5 106 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021-yil 1-yanvar holatiga axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari soni 400 tani tashkil etgan. Ularda, kutubxona fondi 43,0 million nusxaga yetdi.
Respublikamizda 2021- yil yanvar - sentabr oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 79 289 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 7 545 taga ko‘p.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida umumiy maydoni 6076,7 ming kv.m turar joy ishga tushirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,3 % ni tashkil etdi, ulardan 98,1 % i yoki 5960,9 ming kv.m turar joylar yakka tartibda qurilgan bo‘lib, 38,0 ming kv.m yoki 0,6 % i namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar joylar, 77,8 ming kv.m yoki 1,3 % boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishga tushirilgan turar joylarni tashkil etdi.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida 8725,4 ming so‘m (yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda – 112,0 %), Navoiy viloyatida – 8479,2 ming so‘m (yoki 90,3 %), Sirdaryo viloyatida – 4909,0 ming so‘m (yoki 153,5 %), Jizzax viloyatida – 4632,6 ming so‘m (yoki 111,7 %), Buxoro viloyatida – 4065,3 ming so‘m (yoki 148,3 %) va Toshkent viloyatida 3591,0 ming so‘m miqdorida (yoki 114,8 %) qayd etildi.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2021 yil yanvar - sentabr holatiga ko‘ra, uy xo‘jaliklari a’zolarining jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’illanuvchi ayollardan haftasiga bir marta shug‘ullanuvchilar- 42,2 %ni tashkil etdi, ikki marta shug‘ullanuvchilar – 41,7 %ni, uch marta va undan ortiq shug‘ullanuvchilar esa – 16,1 %ni tashkil etdi.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 837,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,6 % ga o‘sdi.
2021- yil 1- yanvar holatiga, mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan falsafa doktori darajasi izlanuvchilari soni 1812 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2018- yilga nisbatan 811 nafarga oshgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
08/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
So‘nggi 10 yillikda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
07/10/2021 • Qo`mita yangiliklari
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4796-son qarorining 1-ilovasi 19-bandi (Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati boʼyicha Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlaridan foydalanuvchilari oʼrtasida soʼrovlar oʼtkazish) ijrosi yuzasidan Davlat statistika qoʼmitasiga soʼrovlar oʼtkazish vazifasi yuklatilgan.
892-sahifa 1010 dan


