Qo`mita yangiliklari

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tovar yoki xizmatlar haqida maʼlumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 14,1 % ni tashkil etdi.

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 5,6 trln soʻmni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 18,6 % ga oʻsgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 10,7 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-may oylari yakunlariga koʻra, meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 3 424,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga sanoat sohasida 111 968 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 42,2 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 19,5 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

Joriy yilning 17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 5,2 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

“Халқ сўзи” gazetasining 2024-yil 17-iyuldagi 143-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Oʻzbekistonning qaysi hududida eng koʻp oilaviy korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda” nomli maʻlumot chop etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 6,8 % ga oʻsgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining ish joyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 20 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining ulushi shaxsiy xizmatlar umumiy hajmining 64,4 % ini yoki 3 394,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy investitsiylar ishtirokida 1 885 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida faqatgina yirik korxonalar tomonidan 68,9  tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 12-iyul kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan “Siyosiy-maʻrifat soati” tashkil etildi.