Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 80,7 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 23,4 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida reklama va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 151,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-avgustiga nisbatan oʻsish surʼati 105,8 %ni tashkil etdi.

O’zbekistonda 2023-yilning 1-sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 414 927 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411 306 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp kichik korxona va mikrofirmalar soni: savdo sohasida 17 668 ta, sanoatda 7 905 ta, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 5 532 ta, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda 3 005 ta hamda qurilishda 2 524 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Buyuk Britaniyadan Oʻzbekistonga 9635 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Jizzax viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 2022-yilning yanvar-iyuniga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi (o‘sish sur’ati – 100,0 %) va 13 635,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 414,9 tonna shampun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 10,4 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 605 230 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,9 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 18-29-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 1-iyul holatiga hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 27,9 birlik, Navoiy viloyatida 21,5 birlik, Sirdaryo viloyatida 17,4 birlik, Jizzax viloyatida 16,7 birlik va Buxoro viloyatida 16,1 birlikka yetdi.

2023-yilning  yanvar-avgust oylarida Yaponiyadan Oʻzbekistonga 6 633 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Joriy yilning 28–29-sentabr kunlari jurnalist va blogerlar uchun data-jurnalistika va ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 9 097 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Joriy yilning  3-oktabr kuni Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boshlandi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 80,0 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 20,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 813,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,3 % ga o‘sdi.