Agentlik yangiliklari

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar - iyun oylarida Respublika bo‘yicha jami 5,7 ming tonna asal olingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 101,5% ni tashkil qildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2021- yilning II choragida, o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qurilishda - 37,7 %ni, savdoda - 36,1 %ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida - 35,2 %ni tashkil etdi.

Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 69,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (21,1 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (48,2 %) o‘z ichiga oladi.

Respublikada 2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 442 ta Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 25 221,2 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

 Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar – iyun oylarida Respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 112,1 %ni tashkil qildi.

  2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 23,1 % ni tashkil qildi (2020- yilning yanvar-iyunida – 23,0 %).

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1189 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 53577,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,9 % ni tashkil etdi.

 Tanlanma kuzatuvida hududlar kesimida eng ko‘p ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahri (4183 ta), Samarqand (1876 ta), Toshkent (1828 ta), Farg‘ona (1648 ta) va Andijon (1337 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25,9 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar–iyun oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 14,1 % punktga kamaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2021- yilning avgust oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashdi.

 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Davlat statistika qo‘mitasining 30 yillik faoliyatiga oid “Davlat statistika qo‘mitasi prospekti” nashr qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 30- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda gender statistikasini takomillashtirish bo‘yicha onlayn o’quv seminar o‘tkazildi.

 2021- yilning yanvar-iyun oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 157,5 % ni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 3,7 % punktga ko‘payib, 14,5 % ni tashkil etdi.