O‘zbekistonda o‘tkaziladigan milliy Multindikator klaster kuzatuvida (MICS) ishtirok etishni xohlaysizmi?

Anketa shabloniga havola This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Elektron manzil
Anketani topshirish muddati
2021-yil 28-sentabrgacha
Maqsad

Maqsad: Ayollar va bolalar holati bo‘yicha MICS kuzatuvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi UNICEF ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

MICS bu UNICEF metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan 1995-yildan buyon davlatlar tomonidan har besh yilda bir marotaba o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro kuzatuvidir.

MICS natijalari bola huquqlari monitoringining milliy tizimini takomillashtirishga, onalik va bolalik sohasidagi ijtimoiy dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga, shuningdek bolalar va ayollar holati bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarilishiga yordam beradi.

MICS kuzatuvini amalga oshirish maqsadida UNICEF hamkorligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ushbu so‘rovda ishtirok etish uchun UNICEF talablariga javob beradigan xodimlar (intervyuerlar) jalb qilmoqda.

Intervyuer majburiyatlari

UNICEF talablariga muvofiq tasodifiy tanlash usuli bilan tanlangan O‘zbekiston hududlaridagi uy xo‘jaliklariga tashrif buyurish orqali intervyu (so‘rov) o‘tkazish.

Shartnoma davomiyligi

2021-yil sentabr-dekabr oylari

To‘lov

Milliy qonunchilikda belgilangan va UNICEFning talablariga muvofiq kelishilgan holda (shu jumladan bajarilgan ishlar, xizmat safari va transport xarajatlari, baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish uchun to‘lovlar).

Talab etiladigan hujjatlar

Anketa (shablonga muvofiq);

Pasport nusxasi;

Anketaga ilova qilinadigan hujjatlar (agar siz kerak deb hisoblasangiz).

Agar siz hujjatlaringizni topshirishni istasangiz, nomzodlarga qo‘yiladigan quyidagi talablar bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz:

Jinsi: ayol;

Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi;

Yoshi: 20 dan 55 gacha;

O‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarini bilish (o‘zbek tili – asosiy, boshqalar afzalroq);

Ma’lumoti: oliy (afzalroq), to‘liq bo‘lmagan oliy, o‘rta-maxsus;

Mehnatga layoqatlilik, yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘g‘ri keladigan sog‘liq;

Xushmuomalalik (maqomi va tanishish darajasidan qat’iy nazar, odamlar bilan til topishish);

Jamoada ishlash, stressli vaziyatlarda yechim topish va murosaga kelish qobiliyati;

Foydalanuvchi darajasida kompyuter texnikasini ishlata bilish;

3 oy davomida kuzatuv o‘tkazish paytida uydan tashqarida (O‘zbekiston Respublikasi hududida) bo‘lish imkoniyati;

COVID-19 ga qarshi emlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

Mas’uliyatlilik va ko‘rsatmalarga muvofiq harakat qilishga tayyorlik.

Tanlov tartibi

Tanlov 3 bosqichdan iborat bo‘lib UNICEF talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

I-bosqich. Qabul qilingan anketalar talablarga muvofiqliligi ko‘rib chiqiladi. I-bosqichda barcha talablarga javob beradigan nomzodlar tanlab olinadi.

II-bosqich. I-bosqichdan o‘tgan nomzodlar xabardor qilinib, yozma test sinovlariga taklif etiladi. II-bosqich natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar III-bosqichga taklif qilinadi.

III-bosqich. II-bosqichdan o‘tgan nomzodlar xabardor qilinib, suhbatga taklif etiladi. III-bosqichdan o‘tgan nomzodlarga ishga joylashish uchun kerak bo‘lgan hujjatlarni to‘ldirish bo‘yicha keyingi harakatlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.