Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish nima?

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish, mamlakat hududida, yaxlit va har bir ma'muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda, qishloq xo‘jaligi faoliyatining turli tavsiflari to‘g‘risida, xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma'lumotlarni yagona statistik metodlar asosida yig‘ish maqsadida amalga oshiriladi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining aniq o‘lchamlarini, chorva mollari va parrandalarning sonini aniqlash orqali, ro‘yxatdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra kelgusida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Shu bilan birga, ushbu tadbir, mamlakat miqyosida qishloq xo‘jaligi sohasini to‘liq qamrab olgan holda ma'lumotlar bazasini yaratish, statistik hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish, ma'lumotlarni xalqaro taqqoslash hamda mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasi ma'lumotlarini xalqaro reytinglarda to‘liq aks ettirish imkonini beradi.

Qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy vazifalaridan biri qishloq xo‘jaligi statistikasi ko‘rsatkichlarining sifati, ishonchliligi va shaffofligini yanada oshirish hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) taqdim etilayotgan joriy hisobotlarga qo‘shimcha ravishda, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tavsiya etadi. Tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazishning xalqaro standartlarini, tushuncha va ta'riflar hamda uslubiyotlarni ishlab chiqish bilan bir qatorda, a'zo davlatlarga texnik ko‘mak ko‘rsatish orqali milliy qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam berib kelmoqda.

FAO tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazishning navbatdagi raundini har o‘n yilda e'lon qilib, hozirda 2016-2025-yillarni qamrab olgan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish 2020 raundi davom etmoqda.

Xalqaro amaliyotda, FAO tavsiyalari asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish odatda o‘n yilda bir marta amalga oshiriladi. Ayrim agrar soha rivojlangan davlatlar ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirini 4-10 yilda bir martadan kam bo‘lmagan davrda amalga oshiradilar. Masalan mazkur tadbir Germaniya va Gollandiyada - to‘rt yilda bir marta o‘tkazilsa, AQSh, Kanada hamda Koreya davlatlarida - har besh yilda, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a'zo davlatlarda - 10 yilda bir marta o‘tkaziladi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma'lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 104-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq, Respublikada 2024-yilda ilk marta qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi, ya'ni 2022-2024-yillarni o‘z ichiga qamrab olgan tayyorgarlik bosqichi, ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, ya'ni 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri amalga oshirilishi hamda so‘nggi bosqichda, 2024-2026-yillar davomida olingan ma'lumotlar tahlil qilinishi, qayta ishlanishi hamda umumlashtirilib dastlabki va yakuniy natijalar e'lon qilinishi belgilangan.

Tayyorgarlik bosqichidagi eng asosiy masalalardan biri, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida faol ishtirok etish bo‘yicha joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur bosqichda respublikaning ayrim hududlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197-son qarori qabul qilindi.

Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
So‘rovnoma shakllari
Ro‘yxatdan o‘tkazishda ishtirok etish
Nashrlar
Loading...
Yangiliklar

Parkent tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasi ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil ...

Jomboy tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklarga o`tish

Videoroliklar