2021- yilning 18- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

perepisichi1

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich raisligida tashkil etilgan seminarda hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari, boshqarmalarining Ro‘yxatga olish va uni o‘tkazish bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.perepisichi2

Tadbirda hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Seminarda hududiy statistika organlari xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me'yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Savol-javoblar natijasi bo‘yicha xodimlarning bilim darajasi baholanib, past baho olgan xodimlarga doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

perepisichi3

Shuningdek, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’yicha hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida alohida to’xtalib o’tildi.

perepisichi4

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech